Isroil armiyasi Falastinning harbiy markaziga zarba berdi

Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektorining markaziy qismidagi hududga uchta raketa bilan hujum qilgan. Hujum nishoni bo'lgan hududda yong'in sodir bo’lgan va yaqin atrofdagi tinch aholi punktlariga moddiy zarar yetkazilgan.

1940941
Isroil armiyasi Falastinning harbiy markaziga zarba berdi

 

Bugun, 2 fevral kuni ertalab soat 03:15 da Isroil armiyasi Falastinning G‘azo harbiy sektor markaziga aviahujum uyushtirdi.

Bu haqda Falastin rasmiy axborot agentligi Vafa xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari G‘azo sektorining markaziy qismidagi hududga uchta raketa bilan hujum qilgan. Hujum nishoni bo'lgan hududda yong'in sodir bo’lgan va yaqin atrofdagi tinch aholi punktlariga moddiy zarar yetkazilgan.

Mahalliy xavfsizlik manbalariga ko‘ra, birinchi zarbalar Falastin islomiy harakati XAMASning qurolli qanoti – Ezidin al-Qassam brigadalarining o‘quv markaziga yuborilgan. Markaz G‘azo sektori markazidagi Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerida joylashgan. 

Shuningdek, Isroil armiyasi tomonidan havo hujumlarining ikkinchi bosqichida G‘azo shahrining janubi-g‘arbidagi al-Qassam brigadalari o‘quv markazi nishonga olindi. Birinchi havo hujumining guvohi bo‘lgan odamlar G‘azo sektoridan Isroil tomon yana ikkita raketa otilganini ko‘rgan va guvohlarning aytishicha, yana bir necha raketa turli joylardan otilgan.

Isroil harbiy samolyotlari, shuningdek, G’azoning markaziy va shimoliy qismlaridagi qishloq xo’jalik maydonlarini hamda Bayt Lahya shahrini bombardimon qildi.

Qurbonlar yoki yetkazilgan zarar ko‘lami haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Kecha kechqurun Isroil armiyasi mulozimlari G'azodan raketa uchirilganini va Isroil havo mudofaa tizimlari tomonidan yo’q qilinganini e'lon qilgandi.

Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir G'azodan otilgan raketaga javob berish usulini baholash uchun vazirlar mahkamasidan favqulodda yig'ilish o'tkazishni talab qilganini aytgandi.

Ma’lumot uchun, 2,3 million aholiga ega G‘azo 2007 yilda XAMAS hokimiyatni qo‘lga olganidan beri Isroil blokadasi ostida.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin

Aloqador xabarlar