Afrikada 278 million kishi och

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq - ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Afrika taraqqiyot banki (AfDB) tomonidan aniqlangan bu ko‘rsatkichning, 2030-yili 310 millionga yetishi mumkinligini qayd etdi.

1940328
Afrikada 278 million kishi och

Dunyoda ochlikdan aziyat chekayotgan 828 million kishining 278 millioni Afrikada yashamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq - ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Afrika taraqqiyot banki (AfDB) tomonidan aniqlangan bu ko‘rsatkichning, 2030-yili 310 millionga yetishi mumkinligini qayd etdi.

Afrika, dunyodagi qoʻl tegmagan qishloq xoʻjaligi yerlarining 65 foiziga ega.

Garchi qit’a, 2050 - yilga borib 9 milliard insonni boqish uchun yetarli ekin maydonlariga ega boʻlishiga qaramay 100 million tonnadan ortiq oziq-ovqatni import qiladi.

“2022 Afrika qishloq xoʻjaligidagi vaziyat” hisoboti esa, iqlim oʻzgarishi ta’sirlari bilan global inqirozlarga chidamlilik uchun Afrikadagi qishloq xoʻjaligi tarmogʻining har yili 257 milliard dollarga ehtiyoji boʻlishini oʻrtaga qoʻymoqda.

Mustamlakachi davlatlarning, mustaqillik oldidan afrikalik dehqonlarga o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yagona ishlab chiqarishni joriy etishda oyoq tirashi va bu odatning bugungi kunda ham davom etayotgani, qit’aning qishloq xo‘jaligi sohasida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Bundan tashqari aholining tez o‘sib borayotgani, infratuzilma va qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarning yetmayotgani ham Afrikadagi oziq - ovqat muammosini chuqurlashtirmoqda.

Qit’ada 30 dan ortiq qurolli terrorchi guruhlarining mavjudligi ham qishloq xo‘jaligi va chorvachilikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, Sahel mintaqasi va Chad ko‘li havzasida millionlab kishi terrorizm va turli xavflar tufayli ochlik va oziq - ovqat xavfsizligiga duchor bo‘layotgani ma’lum.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng uzoq davom etgan va murakkab mojaro zonalardan biri bo‘lgan Chad ko‘li havzasida joylashgan Kamerun, Chad, Niger va Nigeriyada 5,6 million inson jiddiy ravishda oziq – ovqatga muhtoj.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti shuningdek, Sahelda terror tashkilotlari tufayli oziq-ovqat xavfsizligi uchun chora ko‘rilmagudek bo‘lsa unda, 18 million insonning ochlikdan o‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #oziq-ovqat , #qishloq xo‘jaligi

Aloqador xabarlar