Isroilning Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Falastinliklar tahdid etdi
Isroilning o‘ta o‘ng qanot Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir isroilliklarga hujum qilgan falastinliklar “elektr stulda” qatl etilishi kerakligini ta’kidladi.

Isroilning o‘ta o‘ng qanot Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir isroilliklarga hujum qilgan falastinliklar “elektr stulda” qatl etilishi kerakligini ta’kidladi.
Isroilning Channel 13 telekanali xabariga ko'ra, Ben-Gvir o'zi boshqargan o'ta o'ng yahudiy kuch partiyasi yig'ilishida Falastinliklarni tahdid qildi.
Ishg'ol ostidagi Sharqiy Quddusda Isroilliklarga qarshi uyushtirilgan hujumlarga ishora qilgan Ben-Gvir, "Yaqinda o'lim jazosini joriy qilamiz. Tinch aholini o'ldirganlar elektr stulda qatl qilinishi kerak" deb qayd etdi.
Isroil Jamoat Teleradiokompaniyasi KAN xabariga ko'ra, Ben-Gvir, Falastin uylarini buzishda davom etishlarini bildirdi.
Ben-Gvir, Falastinlik jinoyatchilar mahallalarida komendantlik soati joriy qilinishini va uyma-uy kirib qurol yig'ishni , qurol ko'targanlarni aniqlash va qo'lga olish uchun ijtimoiy tarmoqlarni skanerlash haqida ko'rsatma berganligini aytdi.
Kecha Ben-Gvir Sharqiy Quddusdagi 14 ta Falastin uyini buzishga buyruq bergani ma’lum qildi.
26-yanvar kuni Isroil armiyasi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil shimolidagi Jenin qochqinlar lageriga bostirib kirishi oqibatida 10 nafar Falastinlik o’ldirilgan edi.
Buning ortidan Sharqiy Quddusdagi noqonuniy yahudiy turar joyida 7 nafar Isroillik halok bo'lgan hujum sodir bo'ldi.