Ukrainadan Polshaga kirgan qochqinlar soni bugunga kelib 9,5 milliondan oshdi
Polsha chegara qo‘shinlarining Twitter sahifasida tarqatilgan postda, 24-fevralda Rossiya bilan urush boshlanganidan beri Ukrainadan jadal immigratsiya kuzatilgani eslatildi.
1939602

Ukrainadan Polshaga kirgan qochqinlar soni bugunga kelib 9,5 milliondan oshdi.
Polsha chegara qo‘shinlarining Twitter sahifasida tarqatilgan postda, 24-fevralda Rossiya bilan urush boshlanganidan beri Ukrainadan jadal immigratsiya kuzatilgani eslatildi.
Xabarda aytilishicha, kecha Ukrainadan mamlakatga atigi 22 ming 700 kishi kirgan.
Urush boshlanganidan beri Ukrainadan Polshaga oʻtganlar soni 9 million 510 ming kishiga yetdi”. Deya qayd etildi.
Xabarda Polshani tark etgan ukrainaliklar soni 7 million 660 ming kishi ekanligi qayd etildi.