Peskov, Ukrainaina g’arbdan tobora ko'proq qurol talab qilayotganini eslatdi

Rossiya Prezidentlik saroyi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov G'arbning Ukrainaning qurol talabini rag'batlantirishi taranglikni yanada kuchaytirganini aytdi.

1939722
Peskov, Ukrainaina g’arbdan tobora ko'proq qurol talab qilayotganini eslatdi

 

Rossiya Prezidentlik saroyi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov G'arbning Ukrainaning qurol talabini rag'batlantirishi taranglikni yanada  kuchaytirganini aytdi.

Peskov kun tartibiga tegishli baholar berdi.

G'arbning Ukrainaga qurol yetkazib berishini baholagan Peskov, Ukrainaning tobora ko'proq qurol talab qilayotganini eslatdi.

“G’arb bu talablarni ilgari surmoqda, bu qurollarni berishga tayyor ekaniga qasamyod qilmoqda. Vaziyat ancha boshi berk ko'chada. Bu NATO davlatlari mojaroga  tobora ko'proq ishtirok etayotgani tufayli keskinlikning kuchayishiga olib keladi. Bu voqealar rivojini o'zgartira olmaydi. Maxsus harbiy operatsiya davom etadi” dedi.

Eronning Isfahon shahridagi harbiy obyektga qilingan hujumni izohlar ekan, Peskov suveren davlatlarga qarshi bunday harakatlarni faqat qoralash mumkinligini aytdi.

Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning hujjatli filmda “(Rossiya prezidenti Vladimir) Putin Britaniyani raketa bilan tahdid qildi” degan gapiga javob qaytargan Peskov, “Bu haqiqat emas. Aksincha, bu bir yolg'ondir." dedi.

Uchrashuvda nimalar muhokama qilinganini bilganini aytgan Peskov, hech qanday raketa tahdidi qilinmaganiga urg'u berdi.

Peskov o‘sha paytdagi uchrashuvda Putin Rossiya xavfsizligiga oid muammolar haqida gapirganini ta’kidlab, agar Ukraina NATOga qo‘shilsa, NATO yoki Amerika raketalarining Rossiya chegaralari yaqinida joylashtirilishi har qanday raketa bir necha daqiqada Moskvaga yetib borishini anglatishini ta’kidlagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #G'arb , #Dmitriy Peskov , #Qurol

Aloqador xabarlar