Kerkukdagi bir uyga insonsiz havo transporti qulab tushdi
Kerkuk shahrining Shorav mintaqasida joylashgan uylardan biriga insonsiz havo transporti qulab tushdi.
1939646

Iroqning Kerkuk shahrida, bir uyga insonsiz havo transporti qulab tushdi.
Kerkuk politsiya boshqarmasi Matbuot xizmati kotibi Amir Nuriy, shaharning Shorav mintaqasida joylashgan uylardan biriga insonsiz havo transporti qulaganini bildirdi.
Nuriy, voqea vaqtida uyda hech kim bo‘lmagani bois qurbonlar qayd etilmagani ammo moddiy ziyon ko‘rilganini ma’lum qildi.
Insonsiz havo transportining kimga oid ekani haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot yo‘qligini ham ifoda etgan Nuriy, uyga kirish – chiqishlar bekitilgani va voqea ustidan tergov ishlari boshlatilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.