Erondagi yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 3 nafarga yetdi
Tunov kuni Eronda qayd etilgan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni 3 nafarga yetdi.
1939289

Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatiga qarashli Xoy shahrida tunov kuni sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 973 nafarga yetdi.
«Fors» axborot agentligi bilan suhbatda Xoy gubernatori Zebihulloh Kozimiy, voqea qurbonlari soni 3 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Eron Favqulodda vaziyatlar rahbari Mujteba Xolidiy ham tan jarohati olganlar soni 1000 nafarga yaqinlashganini bildirdi.
Xolidiy,
“Xoydagi yer silkinishi ortidan bugungacha 973 kishi G‘arbiy Ozarbayjon viloyatidagi shifoxonalarga murojaat qildi”. - dedi.
Voqeadan ziyon ko‘rgan mintaqadagi 70 qishloqda yordam faoliyatlari davom etayotgani qayd etildi.