Litvada aeroport, maktablar va gimnaziyalarga tahdid maktubi yuborildi
Litva poytaxti Vilnyusda aeroport, maktablar, gimnaziya va prokuraturaga bombali hujumlar tahdidi yozilgan xatlar yuborilgani xabar qilindi.
1938809

Litva poytaxti Vilnyusda aeroport, maktablar, gimnaziya va prokuraturaga bombali hujumlar tahdidi yozilgan xatlar yuborilgani xabar qilindi.
Baltic News Agency (BNS) ma'lumotlariga ko'ra, bu hafta to'rtinchi marta ba'zi binolarga tahdid xatlari yuborildi.
Vilnyus aeroporti, poytaxtdagi beshta maktab, shahar markazidagi sport zali va prokuratura idorasiga bomba hujumi tahdidi bo‘lgan xatlar yuborilgani bildirildi.
Huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlarini boshladi.