Dimitrov:"Turkiya Bolgariyaning turizm bo'yicha eng ustuvor hamkori"

Bolgariya Turizm vaziri Ilin Dimitrov bu haqda InvestBulgariya agentligi tomonidan Istanbulda uyushtirilgan “Xalqaro biznes va sarmoya forumi”da ma'lum qildi.

1938545
Dimitrov:"Turkiya Bolgariyaning turizm bo'yicha eng ustuvor hamkori"

 

Bolgariya Turizm vaziri Ilin Dimitrov Turkiya Bolgariyaning turizm bo'yicha eng ustuvor hamkori ekanini aytdi.

Ilin Dimitrov bu haqda InvestBulgariya agentligi tomonidan Istanbulda uyushtirilgan “Xalqaro biznes va sarmoya forumi”da ma'lum qildi.

U shuningdek, "Turkiya Bolgariyaning turizm sektoridagi asosiy sherigi" ekanligini va hozirgi qiyinchiliklar oldida ikki tomonlama munosabatlarning ahamiyati yanada aniq bo'lishini bildirdi.

Dimitrovning ta'kidlashicha, ikki haftadan so'ng Istanbulda Bolgariya-Turkiya qo'shma turizm qo'mitasining 4-yig'ilishi o'tkaziladi.

"Turkiya so'nggi yillarda Bolgariyaga kelgan sayyohlar soni bo'yicha 3-o'rinda. Bu raqamlar bozorning juda dinamik ekanligini yaqqol ko'rsatmoqda, ammo hali ham muhim rivojlanish salohiyati mavjudligini hisobga olish kerak", dedi u.

Dimitrov fevral oyidan e'tiboran Bolgariyaning Turkiyada turizm bo'yicha maslahatchisi ish boshlashini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bolgariya

Aloqador xabarlar