Xitoyda 5,6 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi
Xitoy yer silkinishi tarmoqlari markazi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, bugun ertalab 5,6 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan.

Xitoy g‘arbidagi Sichuan provintsiyasida 5,6 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi.
Xitoy yer silkinishi tarmoqlari markazi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, bugun ertalab 5,6 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan. Uning epitsentri esa, Ganzi Tibet avtonom viloyatining Luding tumani ekani aniqlangan.
Voqeada qurbonlar qayd etilmasa ham mintaqaga 100 ga yaqin qutqaruvchi yuborilgan.
Tumanni atrof – muhitdagi aholi punktlari bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘llarida ko‘chkilar kuzatilgani ma’lum qilindi.
Provintsiyaning markaziy Qingdu shahridan 230 kilometr g‘arbda joylashgan Ludig tumanida 5 - sentabr kuni sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali yer silkinishi oqibatida 90 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 270 dan ortiq kishi esa tan jarohati oldi.
Ushbu voqeaning, sentabr oyida qayd etilgan yer silkinishi yo‘l ochgan takroriy seysmik silkinishlar bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.
Aloqador xabarlar
Perudagi to‘fon 65 kishining umriga zomin bo‘ldi
Ayniqsa poytaxt Limada avj olgan to‘fon, suv toshqinlari yuzasidan yuzlab vayronaga yo‘l ochdi.