Isroil askarlari Jenin qochqinlar lageriga uyushtirgan bosqinida 4 Falastinlik halok bo’ldi

Isroil askarlarining G'arbiy Sohildagi Jenin qochqinlar lageriga uyushtirgan bosqinida 4 Falastinlik hayotdan ko'z yumdi, 8 nafari yaralandi.

1938291

Erta tongda Isroil qo'shinlari G'arbiy Sohildagi Jenin qochqinlar lageriga buldozerlar bilan kirdi.

Falastinliklarga qattiq aralashgan Isroil askarlari, o'q bilan ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi.

Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi, sodir bo'lgan voqealarda 4 Falastinlik hayotdan ko'z yumgan, 8 nafar bola  ham yaralanganini ma'lum qildi.

Jenin kasalxonasi direktoriga ko‘ra, Isroil askarlari kasalxona atrofida  to‘planib, kirish yo‘llarini yopib, tez yordam mashinalariga o‘t ochgan, yarador falastinliklarning yetib borishiga to‘sqinlik qilgan.

Isroil askarlari reyd qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olish uchun o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Aloqador xabarlar