Gʻarblik liderlar Ukrainani qoʻllab - quvvatlashni davom etadi
Gʻarblik liderlar Ukrainani harbiy jihatdan qoʻllab - quvvatlashni davom etadi.
Germaniya kansleri Olaf Scholz Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni bilan telefon orqali muloqot qildi.
Hukumat matbuot xizmati kotibi Steffen Xebestreitning ma’lum qilishicha, liderlar, Ukrainadagi xavfsizlik holati va Ukrainaning Rossiya hujumlariga qarshi kurashini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilgan.
Xebestreit shuningdek, liderlar, Yevro-Atlantika koordinatsiyasida Ukrainaga harbiy jihatdan yordam koʻrsatishni davom ettirish borasida kelishib olganliklarini ta’kidladi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya qo‘shinlari oʻtgan yilning 24 - fevrali kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.
Aloqador xabarlar
Iqlim shoklari 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi
Iqlim shoklari 2024 - yili 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi.