JSST: So‘nggi 8 haftada Covid-19 yuzasidan 170 mingdan ortiq inson vafot etdi

Gebreyesus global salomatlik holatini baholadi.

1937612
JSST: So‘nggi 8 haftada Covid-19 yuzasidan 170 mingdan ortiq inson vafot etdi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh kotibi Tedros Adhanom Gebreyesus so‘nggi 8 hafta ichida yangi turdagi koronavirus (Covid-19) tufayli 170 mingdan ortiq inson vafot etganini ma’lum qildi.

Gebreyesus global salomatlik holatini baholadi.

Dekabr oyi boshidan beri Covid-19 yuzasidan haftalik o‘lim holatlari ko‘payganiga e’tibor qaratgan Gebreyesus,

“So‘nggi 8 hafta ichida yangi turdagi koronavirus (Covid-19) tufayli 170 mingdan ortiq inson vafot etdi. Bular, faqatgina hisobot ro‘yhatiga kirgan o‘lim holatlari. Haqiqiy raqam bundan ham ko‘pdir”. – dedi.

JSST tomonidan eng yuqori xavf saviyasi e’lon qilinishi ustidan 3 yil o‘tganini yodga solgan Gebreyesus, bu hafta Covid-19 qo‘mitasi, virus bilan bog‘liq holatning haligacha dunyo miqyosida favqulodda holat tashkil etib etmaganini muzokara qilish uchun yig‘ilish o‘tkazishini bildirdi.

Bosh kotib so‘zlari yakunida:

“Ochiq aytaman. Bu virusga q’tiborsiz bo‘lmang. Biz o‘ylanib qoldik, bizni o‘ylantirib qo‘ydi. Sog‘liqni saqlash vositalarini muhtoj bo‘lganlarga yetkazib bermasak va noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi keng ko‘lamli kurashmasak shuningdek, buning uchun bundan ham ko‘pini amalga oshirmasak unda virus o‘ldirishni davom etadi”. – dedi.


Tanlangan kalimalar: #JSST , #Gebreyesus , #Codiv-19

Aloqador xabarlar