Yevropa Ittifoqining Eronga qarshi yangi sanksiyalari

Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlari Mahsa Emini sentabr oyida Eronda hibsda o‘limidan so‘ng namoyishlarga aralashganliklari uchun 18 nafar Eronlik shaxs va 19 tashkilotga sanksiya qo‘llashga qaror qildi.

1936987
Yevropa Ittifoqining Eronga qarshi yangi sanksiyalari

 

Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlari Mahsa Emini sentabr oyida Eronda hibsda o‘limidan so‘ng namoyishlarga aralashganliklari uchun 18 nafar Eronlik shaxs va 19 tashkilotga sanksiya qo‘llashga qaror qildi.

Yevropa Kengashi tomonidan berilgan bayonotda, sanksiyalar Erondagi inson huquqlari poymol qilishi  sababli qo'llanilishi bildirildi.

Sanksiyaga tortiladiganlar orasida Eron yoshlar va sport vaziri Seyid Hamid Hazaveh Sekkadiy, ayrim deputatlar, ayrim viloyatlar gubernatorlari, davlat matbuoti xodimlari va Eron Inqilobiy gvardiyasi armiyasining ayrim yuqori martabali amaldorlari ham mavjud.

Ro‘yxatga shuningdek, Eron inqilobiy gvardiyasi armiyasining mamlakatning ayrim hududlaridagi bo‘linmalari, Eron maxsus politsiya kuchlari va xavfsizlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi ayrim kompaniyalar ham kiritilgan.

Oxirgi sanksiyalar bilan Yevropa Ittifoqi cheklovchi choralarni qo‘llagan Eron aholisi soni 164  nafarga , tashkilotlar soni esa 31 tani oshdi.

Sanktsiyalar Yevropa Ittifoqiga sayohat qilishni taqiqlash, aktivlarni muzlatish va ushbu shaxslar va tashkilotlarni moliyalashtirishni taqiqlashdan iborat.

 Bundan tashqari, Eronga  aholiga  bosim o'tkazish vositasi sifatida foydalanish mumkin bo'lgan ayrim materiallar va kuzatuv asboblarini sotish taqiqlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Mahsa Emini , #Sanksiya , #Eron , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar