Ned Prays:"Muqaddas hisoblangan kitoblarni yoqish chuqur hurmatsizlikdir"

Amerika Qo'shma Shtatlari Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur'onning yoqib yuborilishini qoralamadi, biroq voqeaning hurmatsizlik va jirkanch ekanligini bildirdi.

1937202
Ned Prays:"Muqaddas hisoblangan kitoblarni yoqish chuqur hurmatsizlikdir"

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur'onning yoqib yuborilishini qoralamadi, biroq voqeaning hurmatsizlik va jirkanch ekanligini bildirdi.

AQSH Stokgolmdagi Qur’onni yoqish aksiyasi ishtirokchilari orasida Transatlantik va Yevropa birligini ataylab zaiflantirishga urinayotganlar turgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma’lum qildi.

“Shuningdek, Shvetsiyada sodir bo‘lgan voqealar ortida turganlar ataylab Transatlantik birdamlik hamda Yevropa ittifoqchilari va hamkorlarimiz o‘rtasidagi birdamlikni zaiflashtirishga harakat qilishayotganidan xabardormiz”, dedi u.

Uning ta'kidlashicha, bu harakat Shvetsiya hukumatining harakati emas, balki Turkiya va Shvetsiya oʻrtasida ixtilof ochish niyatida harakat qilgan gʻarazli provokatorning harakatidir.

Prays, Qo‘shma Shtatlar, avvalgidek, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. Oxir-oqibat “Finlyandiya va Shvetsiya Turkiya bilan konsensus kelishuvi asosida qaror qabul qilishadi”, deb ta’kidladi.

"Demokratiya unsurlari sifatida biz uyushish va yig'ilish huquqini qo'llab-quvvatlaymiz. Biroq, Shvetsiya Bosh vaziri (Ulf Kristersson) aytganidek, ko'p odamlar uchun muqaddas bo'lgan kitobni yoqish hurmatsizlikdir",-deydi  Davlat departamenti vakili.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jean-Pierre, Shvetsiyaning Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur'oni Karimning yoqib yuborilgani haqida Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristerssonning, "Bu qonuniy bo'lishi mumkin, lekin ko'pchilik uchun muqaddas bo'lgan bir kitobni yoqish o'rinli degani emas" degan so'zlarini qo'llab-quvvatlab, bu xatti-harakati "o'ta hurmatsizlik" deb atadi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #AQSh

Aloqador xabarlar