AQShning Kaliforniya shtatidagi qurolli hujumda 7 kishi halok bo'ldi
Hujumni sodir qilgan shaxs 67 yoshli Zhao Chunli ekani aniqlandi. U politsiya guruhlari tomonidan avtoturargohda bir mashina ichida qo'lga olindi.
1936965

AQShning Kaliforniya shtatidagi qurolli hujumlarda 7 kishi halok bo'ldi.
Hujumlar Half Moon Bay shahridagi ikkita alohida hududda sodir etilgan.
Dastlab fermani nishonga olgan hujumchi bu yerda 4 kishini, keyin esa ferma yaqinida yana 3 kishini o'ldirgan.
Hujumni sodir qilgan shaxs 67 yoshli Zhao Chunli ekani aniqlandi.
U politsiya guruhlari tomonidan avtoturargohda bir mashina ichida qo'lga olindi.
Politsiya hujumchi fermer xo‘jaligi ishchisi bo‘lishi ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
AQShda yangi yilning dastlabki 3 haftasida 38 ta ommaviy otishma kuzatildi.