Rus kuchlari Zaporojye viloyatidagi ikkita shaharcha tomon ilgarilamoqda
Rossiyalik rasmiylardan Vladimir Rogov, Rossiya - Ukraina jabhasidagi oxirgi vaziyat haqida bayonot berdi.

Rossiya kuchlari anchadan beri to‘qnashuvlar to‘xtagan Ukrainaning Zaporojye viloyatidagi ikkita shaharcha tomon ilgarilamoqda.
Vladimir Rogov Rossiyaning Ria agentligiga bergan bayonotida, Rossiya kuchlari Ukraina nazoratidagi mintaqa poytaxti Zaporojyedan taxminan 50 kilometr janubda joylashgan O‘rixiv va sharqdagi Hulyaipol yo‘nalishida ekanini qayd etdi.
Rogov,
“Frontda, ayniqsa, ikki yo‘nalishda to‘qnashuv bor. Ular O‘rixiv va Xulyaipol”, -degan ifodalarga o‘rin berdi.
Moskva, mintaqaning janubiy qismida katta hududni nazorat qilishiga qaramay asosiy shahar Zaporojye bilan uning shimoliy qismi rus kuchlari qo‘liga o‘tmadi.
Rossiya qo‘shinlari, o‘tgan yilning 24-fevrali kuni Ukrainaga qarshi hujum boshlatgandi.
Aloqador xabarlar

Putin G‘arb davlatlarini tanqid qildi
Davlat rahbari Vladimir Putin Rossiya milliy telekanalida bayonot berdi.