Halabda qulagan bino 16 kishining umriga zomin bo‘ldi

Halabda 5 qavatli binoning qulashi oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumdi

1936560
Halabda qulagan bino 16 kishining umriga zomin bo‘ldi

Suriyaning Halab shahrida 5 qavatli binoning qulashi oqibatida 16 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ulardan bir nafari yosh bola.

Suriyaning SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Halab markazidagi Shayx Maqsud mahallasida 5 qavatli bino qulagan.

Qutqaruv guruhlari vayronalar ostidagi 16 kishining jasadi bilan tan jarohati olgan 4 kishini topishga muyassar bo‘lgan.

Rasmiylarning xabar berishicha 5 qavatli bino, poydevoriga suv oqib tushgani yuzasidan qulagan.

Hududda qidiruv - qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Halab , #5 qavatli bino

Aloqador xabarlar