Texnologiya giganti Google 12 ming kishi ishdan bo'shatilishini e'lon qildi

Google’ning eng yirik kompaniyasi Alphabet 12 000  kishini ishdan bo‘shatadi, bu uning global ishchi kuchining 6 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

1935822
Texnologiya giganti Google 12 ming kishi ishdan bo'shatilishini e'lon qildi

 

Texnologiya giganti Google 12 ming kishi ishdan bo'shatilishini e'lon qildi.

Google’ning eng yirik kompaniyasi Alphabet 12 000  kishini ishdan bo‘shatadi, bu uning global ishchi kuchining 6 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

Bu haqda kompaniyaning katta menejeri Sundar Pichai bayonot berdi.

Pichai xodimlarga yo‘llagan maktubida “uni bu qarorni qabul qilishga majbur qilgan holatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini” aytdi.

Inson resurslari firmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilda AQSh texnologiya kompaniyalari 97 171  kishini ishdan bo'shatgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 649 foizga ko‘pdir.

AQShning texnologiya kompaniyalaridan biri Microsoft kompaniyasi yilning uchinchi choragi oxirigacha 10 ming xodimini ishdan bo'shatishini ma'lum qildi.

Amazon va Meta (Facebook) ham ishdan bo'shatishlar bo'lishini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bo'shatadi , #ishdan , #kishi , #12 ming , #Google

Aloqador xabarlar