Nepalda ro'y bergan samolyot halokati qurbonlari soni 72 kishiga yetdi

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays 72 kishining, jumladan AQSh fuqarolarining halok bo'lishiga olib kelgan samolyot halokatidan chuqur qayg'uda ekanini bildirdi va qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.

1935166
Nepalda ro'y bergan samolyot halokati qurbonlari soni 72 kishiga yetdi

 

Nepalda 15-yanvar kuni halokatga uchragan yo‘lovchi samolyoti qurbonlari soni 72 kishiga yetdi.

Yeti Airlines aviakompaniyasining poytaxt Katmandudan Pokxara shahriga parvoz qilgan ATR-72 turbovintli samolyoti yakshanba kuni tongda Nepal xalqaro aeroporti yaqinida qulab tushgandi. Samolyotda 68 nafar yo‘lovchi va ekipajning to‘rt nafar a’zosi bor edi.

Nepal armiyasining yuzlab askarlari aeroportdan bir yarim kilometr masofada, Seti daryosi darasidagi halokat joyida qutqaruv ishlarida ishtirok etmoqda.

Qidiruv ishlarida yana 2 nafar Amerika fuqarosining jasadi topildi. Natijada qurbonlar soni 72 nafarga yetgan.

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays 72 kishining, jumladan AQSh fuqarolarining halok bo'lishiga olib kelgan samolyot halokatidan chuqur qayg'uda ekanini bildirdi va qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Nepal

Aloqador xabarlar