Kiyevda vertolyot qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy poytaxt Kiyev yaqinida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingandi.

1934477
Kiyevda vertolyot qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

 

Kiyevda vertolyot qulashi oqibatida 16 kishi  jumladan Ukraina ichki ishlar vaziri ham halok bo‘ldi.

Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy poytaxt Kiyev yaqinida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Vertolyotda 16 kishi, jumladan Monastirskiy va uning yordamchisi halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Vertolyot halokati sabablari hozircha ma’lum emas.

Ukraina poytaxti Kiyev yaqinida vertolyotning qulashi natijasida 18 kishi, jumladan, ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy va uning yordamchisi halok bo‘ldi.

Kiev viloyati gubernatori Oleksiy Kuleba voqeada halok bo'lganlar soni 18 nafarga, yaralanganlar soni esa 29 nafarga, ulardan 15 nafari bolalar ekanini ma'lum qildi.

Ukraina politsiyasi boshlig‘i Igor Klimenkoning qayd etishicha, Monastirskiy va uning o‘rinbosari Yevgeniy Yenn halokatga uchragan vertolyotda halok bo‘lgan.

Ukraina matbuotida chop etilgan xabarda, vertolyotning bolalar bog'chasi yaqinida qulagani va hududda yong'in kelib  chiqqani bildirildi.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi maslahatchisi Anton Gerashenko o'zining Facebook ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti orqali.

"Foja sabablari tergovchilar tomonidan oʻrganilmoqda. Bu sabotajmi, uskunaning nosozligi yoki parvozlar xavfsizligi qoidalarining buzilishimi, buni tez orada aniqlaymiz". Deya qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar