Isroil kuchlari Nablus shahriga uyushtirgan bosqinda 8 kishi yaralandi

Isroil kuchlari ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohil shimolidagi Nablus shahriga uyushtirgan bosqinida 8 nafar Falastinlik yaralandi.

1934507
Isroil kuchlari Nablus shahriga uyushtirgan bosqinda 8 kishi yaralandi

 

Isroil kuchlari ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohil shimolidagi Nablus shahriga uyushtirgan bosqinida 8 nafar Falastinlik yaralandi.

Guvohlarga ko'ra, ko'p sonli Isroil askari yahudiy ko'chmanchilarning tashishini ta'minlash va diniy marosimlarini bajarish uchun ertalab Nablusning sharqidagi "Yusufning o'rni" deb atalgan hududga bosqin uyushtirgan.

Vaziyatga munosabat bildirgan Falastinlik yoshlar bilan Isroil kuchlari o'rtasida to'qnashuv yuz berdi.

Isroil kuchlari haqiqiy va metall o'qlar bilan ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatar ekan, Falastinliklar harbiy mashinalar o'tadigan yo'lni to'sdi, tosh va shisha otdi, avtomobil shinalarini yoqib yubordi.

Falastin Qizil yarim oy jamiyatidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Isroil kuchlarining Nablusga uyushtirgan hujumida 8 nafar Falastinlik tan jarohati oldi.

Ko'zdan yosh oqizuvchi gazdan 35 Falastinlik ham jabr ko'rdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tan jarohati , #8 Kishi , #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar