Ulf Kristersson:"Turkiyaning qaroriga hurmat ko'rsatamiz"

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson poytaxt Stokgolmda Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Charlz Mishel bilan uchrashdi.

1933661
Ulf Kristersson:"Turkiyaning qaroriga hurmat ko'rsatamiz"

 

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson Turkiyaning Shvetsiya bo’yicha qaroriga hurmat ko’rsatishini bildirdi.

Ulf Kristersson poytaxt Stokgolmda Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Charlz Mishel bilan uchrashdi.

Uchrashuv yakunlari bo’yicha o’tkazilgan qo’shma matbuot anjumanida Kristersson, Turkiya bilan NATO muzokaralarining normal davom etayotganini ma'lum qildi .

"Menimcha, Turkiya Shvetsiyaning NATOga a'zo bo’lishini ma'qullashda ijobiy fikrga ega. Oxir oqibat Turkiya qaror qabul qiladi",-deydi Ulf Kristersson.

Uning ta’kidlashicha, hozirda NATOga a’zo 28 davlat Shvetsiyaning alyansga a'zo bo’lishini ma'qullagan.

"Har bir davlatning ratifikatsiya jarayoniga hurmat ko’rsatamiz. Shvetsiya va Finlyandiya Turkiya bilan imzolangan uch tomonlama memorandum majburiyatlarini albatta bajaradi. Boshqa tomondan, avval ham aytganimizdek, sud qaror qabul qiladi. Turkiyaning biz haqimizda chiqaradigan qaroriga hurmat ko’rsatamiz”,-deydi Shvetsiya Bosh vaziri.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar