Somalida sodir bo'lgan teraktda 3 kishi hayotdan ko'z yumdi

Somalining Hiran hududida bomba yuklangan vosita bilan uyushtirilgan hujumda 3 kishi hayotdan ko'z yumdi.

1933318
Somalida sodir bo'lgan teraktda 3 kishi hayotdan ko'z yumdi

 

Somalining Hiran hududida bomba yuklangan vosita bilan uyushtirilgan hujumda 3 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Milliy matbuotda chiqqan xabarlarga ko'ra, Hiran viloyatining Halgan shahridagi harbiy baza yaqinida bomba yuklangan avtomobil bilan hujum uyushtirilgan.

Hujumda, Beledveyne mintaqasi qo'mondonlaridan Jamal Ahmed Jama bilan bir qatorda 3 kishi hayotdan ko'z yumdi, 5 kishi tan jarohati oldi.

Hujum uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” terror tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

Mamlakatda tashkilotga qarshi amaliyotlar davom etar ekan, Al-Shabab tez-tez shahar va shahar markazlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujum , #Somali

Aloqador xabarlar