Rossiya Dneprga qarshi hujum uyushtirdi va oqibati 20 kishining umriga zomin bo‘ldi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha tunda, Rossiya kuchlarining Dneprga qarshi uyushtirgan hujumini, "terror hujumi" deb baholadi.

1932829
Rossiya Dneprga qarshi hujum uyushtirdi va oqibati 20 kishining umriga zomin bo‘ldi

Rossiya armiyasining Ukrainaning Dnepr shahriga qarshi uyushtirgan raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi soni 20 nafarga yetdi.

Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshchenko o‘zining Telegramdagi sahifasi orqali, Rossiya armiyasi tomonidan kecha Dneprdagi 9 qavatli turar-joy binosiga qarshi uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi soni 20 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Timoshchenkoning qayd etishicha, halok bo‘lganlar orasida bir nafar yosh bola ham bor.

Vayronalar hududda qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etayotganini bildirgan Timoshchenko, bugun ertalabgacha 6 bolaning vayronalar ostidan qutqarilgani ma’lum qildi.

Timoshchenko voqeada 73 kishining tan jarohati olgani, hujum uyushtirilgan binoda 400 ga yaqin tinch aholi istiqomat qilishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha tunda, Rossiya kuchlarining Dneprga qarshi uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi.

Hujum natijasida 9 qavatli turar-joy vayron bo‘lganini bildirgan Zelenskiy, mazkur raketa hujumini “terror hujumi” deb baholadi.

Hamkor davlatlarni Ukrainani qurol bilan qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan Zelenskiy, Rossiya hujumlarini faqatgina front maydonida kurashish orqaligina toʻxtatish mumkinligini ifoda etdi.

Zelenskiyning taʼkidlashicha, kecha Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaga qarshi uloqtirilgan qariyb 30 raketadan 20 dan ortig‘i Ukrainaning havodan mudofaa kuchlari tomonidan yoʻq qilingan.

Poytaxt Kiyev meri Vitaliy Klichkoning xabar berishicha, kecha ertalab shaharning Dnepr tumanida portlash ovozlari eshitilgan.

Raketa bo‘lakchalari Kiyevning Xolosiyev tumaniga ham tushganiga e’tibor qaratgan Klichko, bu tumanda qurbonlar yo‘qligini bildirdi.

Mamlakatning turli hududlariga qarshi uyushtirilgan Rossiyaning raketa hujumlarida energiya infratuzilmalariga ham ziyon yetgani tufayli, ayniqsa, Xarkov va Kiyev viloyatlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgandi.



Aloqador xabarlar