Keniyada 4 milliondan ortiq inson oziq-ovqat yordamiga muhtoj

Rebekka Miano, mamlakatdagi qurg‘oqchilik oziq-ovqat mahsulotlariga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etdi.

1931569
Keniyada 4 milliondan ortiq inson oziq-ovqat yordamiga muhtoj

Keniyada 4 milliondan ortiq inson qurg‘oqchilik tufayli shoshilinch oziq-ovqat yordamiga muhtoj.

Hukumatning Sharqiy Afrika hamjamiyatidan mas’ul kotibi Rebekka Miano mavzu haqida bergan bayonotida, mamlakatdagi qurg‘oqchilik oziq-ovqat mahsulotlariga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etdi.

Miano, mamlakatda 4 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilik tufayli oziq-ovqat yordamiga muhtojligini ma’lum qildi.

Mamlakatning ko‘plab mintaqalari qurg‘oqchilikdan ziyon ko‘rganiga e’tibor qaratgan Miano, yomg‘irli mavsumlarning qisqa davom etishi oziq-ovqat inqirozini kuchaytirganiga e’tibor qaratdi.

Miano, oziq-ovqat inqiroziga qarshi kurashish uchun turli muassasalar bilan hamkorlik qilishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Afrikada Keniya, Somali va Efiopiyadagi 36 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan salbiy ta’sir ko‘rmoqda.

 



Aloqador xabarlar