Saudiya Arabistoni epidemiyasi davrida joriy etilgan cheklovlarni bekor qildi

Bu yil ziyoratchilarga yosh cheklovi qo‘yilmasligini va ularning soni epidemiyadan oldingidek bo‘lishini ta’kidlagan Haj va Umra vaziri Tevfik er-Rabia, bu qarorni “xushxabar” deb baholadi.

1930577
Saudiya Arabistoni epidemiyasi davrida joriy etilgan cheklovlarni bekor qildi

 

Saudiya Arabistoni koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi davrida ziyoratchilar uchun joriy etilgan yoshi va ularning soni bo’yicha cheklovlarni joriy yilda bekor qildi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tevfik er-Rabia Jiddada o'tkazilgan "Expo Haj 2023" yarmarkasi ochilishida so’zlagan nutqida ma’lum qildi.

Bu yil ziyoratchilarga yosh cheklovi qo‘yilmasligini va ularning soni epidemiyadan oldingidek bo‘lishini ta’kidlagan Rabia, bu qarorni “xushxabar” deb baholadi.

Kovid-19 epidemiyasi sababli Saudiya Arabistoni 2020 yildan keyin ziyoratchilarga yoshi va ularning soni bo’yicha cheklov joriy qilgandi.

2019 yilda 2,5 millionni tashkil qilgan ziyoratchilar soni, 2020-yilda 10 ming, 2021-yilda 60 ming, 2022-yilda esa 899 ming 353 nafar bilan cheklangan edi, ulardan 779 ming 919 nafari Saudiya Arabistonidan tashqaridadan kelganlarni tashkil qilgandi.

“Expo Haj 2023” yarmarkasi 12 yanvargacha davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Haj , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar