Rossiya: "Otashkesimga amal qilishni davom etamiz".

Rossiya Mudofaa vazirligi, Ukraina Qurolli kuchlarining davom etayotgan bombardimonlariga qaramay rus armiyasi pravoslav Rojdestvo bayrami munosabati bilan e’lon qilingan otashkesimga amal qilishni davom etishi bildirildi.

1929490
Rossiya: "Otashkesimga amal qilishni davom etamiz".

Rossiya, Ukrainaning bombardimonlariga qaramay pravoslavlarning Rojdestvo bayrami munosabati bilan e’lon qilingan otashkesimga amal qilishni davom etishlarini bildirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan kecha berilgan bayonotda, Ukraina Qurolli kuchlarining davom etayotgan bombardimonlariga qaramay rus armiyasi pravoslav Rojdestvo bayrami munosabati bilan e’lon qilingan otashkesimga amal qilishni davom etishi bildirildi.

Bayonotda,

“Ukraina Qurolli kuchlari rus mavzelari va aholi punktlariga qarshi o‘q uzishiga qaramay e’lon qilingan o‘tashkesimga bugun soat 24:00 ga qadar rus kuchlari tomonidan amal qilinadi”. – deyildi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Rossiya Pravoslav cherkovi patriarxi Kirillning murojaatini inobatga olgan holda pravoslav bayrami munosabati bilan 6-yanvardan 7-yanvargacha Ukrainaga qarshi o‘q uzishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurgandi.

Vaqtinchalik otashkesim 6 - yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da kuchga kirdi.

Katolik va protestant xristianlar Rojdestvoni 25-dekabrda, pravoslavlar esa 7-yanvarda nishonlamoqda.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Rojdestvo bayrami , #otashkesim

Aloqador xabarlar