Yevropa Ittifoqi Putinning qarorini soxta va ikkiyuzlamachilik deb baholadi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasining o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi buyrug‘i yuzasidan bayonot berdi.

1929067
Yevropa Ittifoqi Putinning qarorini soxta va ikkiyuzlamachilik deb baholadi

 

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainada pravoslav Rojdestvo bayrami munosabati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini “yolg‘on va ikkiyuzlamachilik” deb baholadi. 

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasining o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi buyrug‘i yuzasidan bayonot berdi. 

Mishel “Kreml tajovuzkor, ukrain xalqi esa qurbon” deb yozgan.

Uning ta’kidlashicha, tinchlik va xavfsizlikni tiklashning yagona real varianti Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan olib chiqilishi bo‘ladi. 

“Bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi e’lon noqonuniy va xunuk anneksiyalar va ular bilan birga o‘tkazilgan referendumlar kabi yolg‘on va ikkiyuzlamachilikdir”, deydi Sharl Mishel. 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays, Putin armiyasini qayta to'plash yoki dunyoni chalg'itish uchun o't ochishni to'xtatish e'lon qilgan bo'lishi mumkinligini baholadilar.

Prays Ukraina fuqarolik infratuzilmalariga yangi yil hujumlaridan so‘ng Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilganini “bema’nilik” deb ta’rifladi.

"Agar maqsad Ukraina xalqiga qarshi ko'proq qasos, shafqatsizlik va ko'proq halokatli hujumlar uchun miting bo'lsa, buni o't ochishni to'xtatish deb hisoblash mumkin emas. Agar Rossiya tinchlikni xohlasa va bu urushni to'xtatishga jiddiy qarasa, u o'z kuchlarini Ukrainaning suveren hududidan olib chiqsin",-deydi u.

Eslatma: Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi barcha o‘zaro to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurdi. U Ukrainani ham Rojdestvo bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar