Kristersson:"Shvetsiya NATOga a'zo bo'lish yo'lida bergan va'dalarini bajarmoqda"

Kristersson bu so'zlarni Fransiya poytaxti Parijga rasmiy tashrifi doirasida Yelisey saroyida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvi oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida tilga oldi.

1927608
Kristersson:"Shvetsiya NATOga a'zo bo'lish yo'lida bergan va'dalarini bajarmoqda"

 

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson, "Biz imkon qadar tezroq NATOga a'zo bo'lish yo'lida bergan va'dalarni bajarmoqdamiz",-dedi.

Kristersson bu so'zlarni Fransiya poytaxti Parijga rasmiy tashrifi doirasida Yelisey saroyida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvi oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida tilga oldi.

U Fransiya hukumatiga Shvetsiya va Finlyandiyaning NATO aʼzo bo'lishi uchun koʻrsatgan yordami va xavfsizlik kafolatlari uchun minnatdorlik bildirib, “Biz imkon qadar tezroq NATOga aʼzo boʻlish toʻgʻrisida eʼlon qilgan ishni bajarmoqdamiz”,-dedi.

Yevropa turli inqirozlarga duch kelgan bir paytda Shvetsiyaning Yevropa Ittifoqi raisligini o’z zimmasiga olganiga diqqat qaratgan Kristersson, bu inqirozlarning eng yomoni 24-fevraldan beri davom etayotgan Ukraina-Rossiya urushi ekaniga urg'u berdi.

"Ukrainaning g'alabasi Yevropa va butun dunyo uchun muhim, ekzistensialdir" degan Kristersson, energiya va iqlim inqirozi va ortib borayotgan inflyatsiya kabi muammolarga e'tibor qaratib, Yevropa uzoq muddatli raqobatbardoshligini saqlab qolishi kerakligini qo'shimcha qildi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar