Kiyevda 2022 - yilning oxirgi kuni ham portlash ovozlari eshitildi

Rossiya kuchlari 2022-yilning oxirgi kuni ham poytaxt Kiyevda hujumlar uyushtirdi.

1926196
Kiyevda 2022 - yilning oxirgi kuni ham portlash ovozlari eshitildi
kiev.jpg
ukrayna esir.jpg

Ukraina poytaxti Kiyevda 2022 - yilning oxirgi kuni portlash ovozlari eshitildi.

Rus kuchlarining ushbu havo hujumida 1 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab kishi tan jarohati oldi va bir mehmonxona ziyon ko‘rdi.

Yarim kechasidan ko‘p o‘tmay, shaharda portlashlar sodir bo‘ldi.

Shahar meri Vitaliy Klichko, “Rus hujumlariga qarshi havo mudofaa tizimimiz faoldir”,- degan ifodalarga o‘rni berdi.

Rossiya hujumlari Ukrainaning boshqa shaharlarida ham davom etmoqda. Ximelnitskiy shahridagi hujumlarda 4 kishi yaralandi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Rossiyaning Kiyevga qarshi uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi.

Zelenskiy, o‘z so‘zida eng shiddatli to‘qnashuvlar Donbas hududida ekanini yodga soldi.

Ukraina armiyasi umuman o‘z pozitsiyalarini saqlab qolgani, ayrim hududlarda asta - sekin olg‘a siljish borligini ifoda etgan Zelenskiy,  2023 – yili Ukrainaning havo mudofaasi yana - da kuchayishini bildirdi.

Zelenskiy, yangi yil tabrigida esa:

“G‘alaba tomon yo‘l olishni davom etamiz!” – dedi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ham 9 daqiqalik yangi yil murojaatida, G‘arb davlatlarining Rossiyani yo‘q qilish uchun Ukrainadan foydalanayotganini ilgari surib, bu vaziyatni “kulguli” deb baholadi.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu esa yangi yil munosabati bilan Rossiya armiyasiga murojaat qilib:

“G‘alabamiz, kirib kelgan yangi yildek muqarrar!” - dedi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvi ham davom etmoqda.

Shu doirada bugungacha 82 nafar rus, 140 nafar ukrain askar ozod etildi.


 

 



Aloqador xabarlar