Ozarbayjon, Fransiyaga norozilik notasi berganini bildirdi

Fransuz siyosatchilarining Ozarbayjonga nisbatan salbiy munosabati tufayli Ozarbayjon bu davlatning Bokudagi elchisi Ann Buayonni Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi.

1925090

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan bayonotda, Fransiyadagi turli siyosiy doiralarning tuhmatga asoslangan kampaniyasining kengayishi va davom etishi yuzasidan sezilgan noqulaylik elchi Buayonga yetkazilgani va norozilik notasi berilganligi bildirildi.

Bayonotda, bir necha kun oldin Fransiya parlamentida vakillik qilgan siyosiy kuchlar yetakchilari nomidan Buayonga yo‘llangan maktubda, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga Ozarbayjonga qarshi asossiz ayblovlar va  hujum sifatida  qadamlar qo‘yilgan. Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga  qilingan chaqiriq qabul qilib bo'lmas ekani ham ma'lum qilindi.

Buayon bilan uchrashgan vazirlik mutasaddilari ham Fransiya hukumatidan Ozarbayjonga qarshi kampaniyani zudlik bilan to'xtatish uchun zarur choralarni ko'rish talabini bildirdi.

Tanlangan kalimalar: #Nota , #Fransiya , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar