Hindistonda uyushtirilgan mitingda yuz bergan tiqilinch oqibatida 7 kishi halok bo’ladi

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida siyosiy partiya tomonidan uyushtirilgan mitingda yuz bergan tiqilinch oqibatida 7 kishi hayotdan ko'z yumdi.

1925420

Andxra-Pradesh shtatining sobiq bosh vaziri Nara Chandrababu boshchiligidagi Telugu Desam partiyasi tomonidan shtatning Nellore tumanida uyushtirilgan mitingda tiqilinch yuz berdi.

Fojia oqibatida kanalga tushib ketganlardan 7 nafari hayotdan ko'z yumgan, bir necha kishi jarohatlangan.

Voqea joyiga ko‘p sonli tibbiy guruh jo‘natildi, jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Telugu Desam partiyasi voqeada halok bo'lgan odamlarning oilalariga tovon puli to'lashini ma'lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Tiqilinch , #Hindiston

Aloqador xabarlar