Nigeriyada Boko Haram uyushtirgan hujumda 17 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 2000 - yillarning boshidan beri borligi ma’lum bo‘lgan Boko Haramning, 2009-yildan beri uyushtirgan hujumlari 20 mingdan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi.

1924176
Nigeriyada Boko Haram uyushtirgan hujumda 17 kishi halok bo‘ldi

Terror tashkiloti Boko Haramning Nigeriya shimoli-sharqidagi bir qishloqqa qarshi uyushtirgan hujumida 17 kishi halok bo‘ldi.

Milliy matbuotda o‘rin olgan xabarlarga ko‘ra, terror tashkiloti a’zolari Borno shtatining Airamne qishlog‘iga qarshi hujum uyushtirgan.

Unda cho‘ponlik qilgani aniqlangan 17 kishining halok bo‘lgani, terroristlarning cho‘ponlarga tegishli barcha mollarni o‘g‘irlagani ifoda etildi.

Mamlakatda 2000 - yillarning boshidan beri borligi ma’lum bo‘lgan Boko Haramning, 2009-yildan beri uyushtirgan hujumlari 20 mingdan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi.

Terror tashkiloti 2015 - yildan buyon mamlakat chegarasidagi qo‘shnilari Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirdi.

Tashkilotning Chad ko‘li havzasida uyushtirgan hujumlarida kamida 2000 kishi hayotdan ko‘z yumdi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #terror tashkiloti , #Boko Haram

Aloqador xabarlar