Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida yoqilg‘i tankeri portladi

Sog'liqni saqlash vaziri Joe Phaahla ma'lum qilishicha, baxtsiz hodisada 15 kishi halok bo‘ldi.

1923552
Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida yoqilg‘i tankeri portladi

 

Shanba kuni Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida yoqilg‘i tashuvchi tanker portladi.

Fojia oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi.

Sog'liqni saqlash vaziri Joe Phaahla ma'lum qilishicha, baxtsiz hodisada yaralangan yana 5 kishi hayotdan ko'z yumgan. Shu bilan qurbonlar soni 15 nafarga yetgan.

Uning aytishicha, halok bo'lganlarning uch nafari portlashdan zarar ko'rgan yaqin atrofdagi shifoxonaning xodimlari hisoblanadi.

Avtomobil yo'llari boshqarmasi matbuot kotibi Simon Zvane portlashning kuchi 5 kilometr masofagacha sezilganini aytdi.

Yaqin kunlarda Yoxannesburgning Boksburg tumanida ko‘prik ostida qolib ketgan yonilg‘i tankeri ishqalanish tufayli yonib ketgandi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Afrika

Aloqador xabarlar