Meloni va Sudani o'rtasidagi uchrashuvda Irlandiya bayrog'i ishlatilgani iddao qilindi
Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni va Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia es-Sudani o'rtasidagi uchrashuvda Irlandiya bayrog'i ishlatilgani iddao qilindi.
Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni va Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia es-Sudani o'rtasidagi uchrashuvda Irlandiya bayrog'i ishlatilgani iddao qilindi.
Poytaxt Bag'dodda es-Sudani bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida foydalanilgan bayroqning Irlandiya bayrog'iga o'xshab ketgani ijtimoiy mediada tarqatildi.
Italiyaning Bag'doddagi elchixonasi tomonidan berilgan bayonotda, Meloni iroqlik hamkasbi bilan uchrashuvida qo'llangan bayroqning xatosi yo'qligi ma'lum qilindi.
“Biz Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni va uning iroqlik hamkasbi Muhammad Sudani o‘rtasida bugun (kecha) Bag‘dodda o‘tkazilgan uchrashuvda xatolikka yo‘l qo‘yilganini rasman rad etamiz”, — deyiladi bayonotda.
Fotosuratlardagi ranglarning siljishi yorug'lik ta'sirida bo'lgani bildirilgan bayonotda, bayroqning Italiya Respublikasiga tegishli ekanligi ta'kidlandi.