Germaniyada Karsten L Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olingan

Germaniyada tashqi razvedka agentligida (BND) ishlovchi Germaniya fuqarosi Karsten L Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olingani xabar qilingandi.

1922924

Federal Bosh prokuraturadan berilgan yozma bayonotda, oldingi kun qo'lga olingan Carsten L ning vatanga xiyonat bilan ayblangani bildirildi.

BNDda ishlovchi Karsten L 2022-yilda kasbiy faoliyati doirasida olgan ma’lumotlarini Rossiya razvedka xizmatiga yetkazgan va uzatilgan ma’lumotlar davlat siri ekani ma’lum qilingan.

Bayonotda, Carsten L. va boshqa bir kishining uylari va ish joylari tintuv qilingani aytildi.

Kecha Karsten L sudya huzuriga olib kelingani va hibsga olingani qayd etilgan.

Tanlangan kalimalar: #Josuslik , #Germaniya

Aloqador xabarlar