Dunyodagi muhojirlar soni 280 milliondan ortdi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yildan e’tiboran dunyoda 281 million muhojir bor. Bu raqam, o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga ortiq.
Bugungi kunda turli sabablar bilan dunyoning turli davlatiga koʻchib o‘tganlar soni 281 millionga yetdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya boshqarmasining 2022-yilgi hisobotidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yildan e’tiboran dunyoda 281 million muhojir bor. Bu raqam, o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga ortiq. Ulardan 135 millioni ayollardan, 146 millioni esa erkaklardan iborat.
Bundan 52 yil muqaddam ya’ni 1970 – yili dunyoda 84 million, 1990-yili esa 153 million muhojir qayd etilar ekan, so‘nggi yillarda bu raqam 3 barobardan ortdi.
Boshqa jihatdan qaraganda, mamlakat ichidagi ko‘chib o‘tishlar chet elga chiqayotganlarga qaraganda ko‘proq.
Ular Yevropa (87 million) va Osiyoda (86 million) yashaydi. Bu ikki mintaqa, dunyodagi muhojirlarning 61 foiziga quchoq ochgan vaziyatda.
Xalqaro muhojirlar soni ikki barobardan oshgan (taxminan 7 milliondan 15 milliongacha) Lotin Amerika bilan Karib dengizi mintaqasi ham xalqaro muhojirlarning eng yuqori o‘sish sur’atiga ega mintaqa hisoblanadi.
2019-yili dunyo bo‘ylab qariyb 169 million mehnat muhojiri qayd etilar ekan, bu umumiy muhojirlarning uchdan ikki qismini (62 foiz) tashkil etadi.
Dunyoda 2020-yilning oxiridan e’tiboran, 89,4 million kishi o‘z uy-joyidan boshqa joyga yashamoqda.
Ulardan 26,4 millioni qochqinlar, 4,1 millioni boshpana izlovchilar, 3,9 millioni venesuelaliklar, 55 millioni esa mamlakat ichida o‘z uy-joyidan mahrum qilinganlardir.
Mojarolar va zo‘ravonliklar tufayli ko‘chirilgan insonlarning aksariyati Yaqin Sharq va Sahro mintaqasidagi Afrikada yashaydi.
Dunyoda 2020-yil oxiridan beri 26,4 million muhojir bor. Bundan tashqari, 2012-yildan beri qochqinlar sonining yillik o‘sish sur’ati pasayishiga qaramay, umumiy raqamida rekord qayd etildi.
Suriyadagi ichki urush tufayli mamlakatdan ko‘chib ketganlar soni taxminan 6,7 millionga yetgan bo‘lsa, bu raqam 2021-yilga nisbatan taxminan 100 ming orti1 ekani kuzatildi.
2020-yili Türkiye ketma-ket beshinchi marotaba ko‘pchiligi suriyalik jami 3.6 milliondan ortiq muhojirga quchoq ochar ekan, bu orqali dunyoning eng ko‘p muhojiriga quchoq ochgan davlatlardan biri bo‘ldi.
Aloqador xabarlar
Milliarderning boyligi o'n yil ichida 121% ga oshdi
Dunyo milliarderlarining boyligi so‘nggi 10 yilda 121 foizga oshib, jami 14 trillion dollarga yetdi.