Iqlim o'zgarishi vabo epidemiyasining yanada keng tarqalishiga va o'limga sabab bo'lmoqda

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) Jeneva qarorgohida o'tkazilgan matbuot anjumanida Afrikaning 30 ta davlati va Gaitida vabo epidemiyasida o'sish kuzatilgani ma'lum qilindi.

1920131
Iqlim o'zgarishi vabo epidemiyasining yanada keng tarqalishiga va o'limga sabab bo'lmoqda

 

Iqlim o'zgarishi vabo epidemiyasining bu yil yanada keng tarqalishiga va o'limga olib kelishiga sabab bo'lmoqda.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) Jeneva qarorgohida o'tkazilgan matbuot anjumanida Afrikaning 30 ta davlati va Gaitida vabo epidemiyasida o'sish kuzatilgani ma'lum qilindi.

JSST ma'lumotlariga ko'ra, tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko'ra, har yili dunyo bo'ylab o'rtacha 1,3 dan 4 milliongacha vabo kasalligi kuzatiladi va vabo tufayli 21 000 dan 143 000 gacha o'lim sodir bo'lgan.

JSSTning vabo va diareya kabi kasalliklarni o'rganuvchi guruhi rahbari Filipp Barboza shunday dedi: "Vabo epidemiyasining o'sishi mutlaqo misli ko'rilmagan. Biz shunchaki ko'proq epidemiyalarni ko'rmayapmiz. Bu epidemiyalar avvalgi yillarga qaraganda kattaroq va o'limga olib keladi".  Deb ifoda etdi.

Oxirgi bir necha yil ichida vabo epidemiyasi bilan kasallanish va o'lim sonining ortishi kuzatilganini ifoda etgan Barboza, bu kasallik bilan bog'liq vabo va o'limlarning ko'payishida iqlim o'zgarishining bevosita ta'sir qilganiga diqqat qaratdi.

“Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti ham bu yil Livan, Somali va Nigeriyadagi qochqinlar lagerlarida vabo epidemiyasi kuzatilganini taʼkidladi.

JSST rasmiysi, shuningdek, vabo qashshoqlik va zaiflik bilan aniq bog'liq bo'lgan kasallik ekanligini tushuntirdi.

 



Aloqador xabarlar