Putin Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Putinni Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan muloqot va muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.

1920043
Putin Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muloqot qildi

 

Bugun, 16 dekabr kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan muloqot va muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.

Bu haqda Hindiston hukumati rahbari devonining rasmiy saytida xabar berildi. 

“Ukrainada davom etayotgan mojaro kontekstida Bosh vazir o‘zining muloqot va diplomatiyaga bo‘lgan chaqirig‘ini yagona yo‘l sifatida ta’kidladi”, deyiladi bayonotda. 

Hindiston Bosh vaziri devonining ta’kidlashicha, SHHT sammiti doirasida Samarqanddagi uchrashuvi chog‘ida ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning bir qancha jihatlarini, jumladan, energetika, savdo va sarmoyaviy hamkorlik, mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va boshqa muhim yo‘nalishlarni ko‘rib chiqqan. 

“Bosh vazir Narendra Modi Rossiya Prezidenti Putinga Hindistonning G20 raisligi haqida ma’lumot berib, uning asosiy ustuvorliklarini ta’kidlagan. U, shuningdek, Hindiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raisligi davrida ikki davlat hamkorlik qilishiga umid bildirdi. Rahbarlar bir-biri bilan muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar”, deyiladi Hindiston Bosh vazirining idorasi bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #Putin

Aloqador xabarlar