Qatar poytaxti Doha “2023-yil arab turizm poytaxti” deb e'lon qilindi

Qatarning Arab Ligasidagi doimiy vakili Salim Muborak Al Shafi Dohaning “2023-yil arab turizm poytaxti” deb e'lon qilingani munosabati bilan Arab turizm tashkilotiga minnatdorlik bildirdi.

1918680
Qatar poytaxti Doha “2023-yil arab turizm poytaxti” deb e'lon qilindi

 

Arab Ligasi qoshida faoliyat yurituvchi Arab Turizm Tashkiloti Qatar poytaxti Dohani “2023-yil arab turizm poytaxti” deb e'lon qildi.

Qatar rasmiy xabar agentligi QNAda bergan xabarga ko'ra, Arab Turizm Tashkiloti Vazirlar Kengashining 25-yig'ilishi Misr poytaxti Qohiradagi Arab Ligasi qarorgohida bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Doha “2023-yilgi arab turizm poytaxti” sifatida tanlandi.

Qatarning Arab Ligasidagi doimiy vakili Salim Muborak Al Shafi Dohaning “2023-yil arab turizm poytaxti” deb e'lon qilingani munosabati bilan Arab turizm tashkilotiga minnatdorlik bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, bu saylov Dohaning 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish orqali butun arab xalqlari va dunyo davlatlarining diqqat markaziga aylanganiga ishora hisoblanadi.

"Qatar jahon chempionati bilan o'zining yaxshi mezbonlik va tashkiliy kuchini isbotladi. Jahon chempionatining izdoshlari bo'lgan milliardlab odamlar ham bag'rikenglik va yaxshi munosabatning guvohi bo'lishdi. Ayni vaqtda, jahon chempionati o‘yinlarini tomosha qilish uchun dunyoning turli davlatlaridan kelgan yuz minglab muxlislar ham Qatar davlatining mehmondo‘stligini guvohi bo‘ldi. Bu bilan Qatar jahon chempionatini o‘tkazishga qodir emas, degan yolg‘on xabar tarqatganlarning sa’y-harakatlari besamar ketdi”,-deydi u.

Qatarning 2022 FIFA Jahon Kubogi tashkilotidagi muvaffaqiyati arablar uchun muvaffaqiyat deb baholanganini ifoda etgan Al Shafi, Dohaning "2023 yil Arab turizm poytaxti" etib saylanishi bilan bu muvaffaqiyat isbotlanganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #turizm , #Doha , #Qatar

Aloqador xabarlar