Moskvadagi “Mega Ximki” savdo markazida yong‘in sodir bo'ldi

Yong'in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlandi.

1916685
Moskvadagi “Mega Ximki” savdo markazida yong‘in sodir bo'ldi

 

Rossiyaning Moskva viloyatidagi “Mega Ximki” savdo markazidagi OBI gipermarketida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in maydoni 18 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Yong‘inni o‘chirishga 30 kishi va 9 ta texnika jalb etilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Voqea yuzasidan Moskva viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari tashkil etilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Moskva

Aloqador xabarlar