Eronda Muhsin Shikoriy ismli namoyishchi dorga osildi

Eron Mahsa Amini o‘limi ortidan butun mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlarida ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi.

1916853
Eronda Muhsin Shikoriy ismli namoyishchi dorga osildi

 

Eron Mahsa Amini o‘limi ortidan butun mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlarida ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi. 

Eron matbuoti namoyishchining ismi Muhsin Shikoriy ekanini ma’lum qildi. U hukumat tomonidan norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun qatl etilgan birinchi shaxs bo'ldi.

Eron Adliya tizimiga tegishli “Mizan” axborot agentligiga ko‘ra, Muhsin Shikariy 20 noyabr kuni Tehronning "Sattorxon" ko‘chasidagi namoyishlar chog‘ida fuqarolarni pichoq bilan qo‘rqitgani va xavfsizlik xodimini yaralagani uchun Inqilobiy sudi tomonidan o‘limga hukm qilingan. 

Sudyalar uni o‘qotar qurol olib yurish, yo‘lni to‘sish, transportni to‘xtatish, xavfsizlik rejimini buzish, politsiya kuchlari (Besich) bilan to‘qnashuv, qo‘riqchiga jarohat yetkazish, qo‘rquv va dahshat uyg‘otish kabi moddalar bo‘yicha aybdor deb topdi. Keyinroq Eron Oliy sudi ham hukmni tasdiqladi. 

Muhsin Shikariy Mahsa Aminiy o‘limidan so‘ng namoyishlar munosabati bilan qatl etilgan birinchi fuqaro bo‘ldi. 

Davlat televideniyesining 24 sentyabr kungi xabarida aytilishicha, zo‘ravonlik harakatlariga aylangan namoyishlarda kamida 41 kishi, jumladan xavfsizlik kuchlari halok bo‘lgan. Shu bilan birga, namoyishlar paytida odamlarning halok bo‘lgani haqida rasmiy hokimiyatdan aniq ma’lumot olinmagan. Norvegiyada joylashgan Eron Inson huquqlari tashkiloti norozilik namoyishlari paytida 458 dan ortiq odam o‘lganini xabar qildi. 

Eron matbuoti tartibsizliklar chog‘ida 60 ga yaqin xavfsizlik kuchlari a’zosi halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Shu kungacha namoyishlarda qatnashgani uchun 11 kishi o‘lim jazosiga hukm qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar