Afg'on muhojir Jenevada o‘z joniga qasd qildi

Afg‘onistonlik qochqinning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabardan so‘ng Jenevaning Bel Air ko‘chasida minglab odamlar namoyishga chiqdi.

1916802
Afg'on muhojir Jenevada o‘z joniga qasd qildi

 

Gretsiyadan Shveytsariyaga boshpana so‘rab borgan afg‘on muhojir mahalliy sud tomonidan uni deportatsiya qilish haqida qaror chiqarilgach, Jenevada o‘z joniga qasd qildi.

Shveytsariya davlat televideniyesi RTS xabariga ko'ra, o'tgan yili boshpana talab qilish maqsadida Jenevaga borgan 18 yoshli Alirizo bir muddat bir oilada yashagan va fransuz tilini o'rgangan.

Qisqa vaqt ichida u yerning muhitiga moslashganiga qaramay, Jeneva sudi Alirizoni deportatsiya qilishga va Gretsiyaga qaytarishga qaror qilgan.

Sud hukmidan so'ng Alirizo 6 dekabr kuni o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Jeneva immigratsiya idoralari Alirizo o'z joniga qasd qilishga moyil ekani haqidagi shifokorlarning ogohlantirishiga e'tibor bermadi.

Afg‘onistonlik qochqinning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabardan so‘ng Jenevaning Bel Air ko‘chasida minglab odamlar namoyishga chiqdi.

Namoyishchilar Jeneva sudi qaroriga "Biz adolat istaymiz" shiorlari bilan munosabat bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Jeneva , #Gretsiya

Aloqador xabarlar