Rossiyada qamoqqa olingan amerikalik basketbolchi vataniga qaytmoqda

AQSH va Rossiya mahbuslarni almashish borasida o‘zaro kelishuvga erishdi. Natijada amerikalik basketbolchi Brittni Grayner va Rossiya fuqarosi Viktor But o‘z vataniga qaytadigan bo‘ldi.

1916833
Rossiyada qamoqqa olingan amerikalik basketbolchi vataniga qaytmoqda

 

AQSH va Rossiya mahbuslarni almashish borasida o‘zaro kelishuvga erishdi.

Natijada amerikalik basketbolchi Brittni Grayner va Rossiya fuqarosi Viktor But o‘z vataniga qaytadigan bo‘ldi. 

But “O‘lim savdogari” laqabi bilan tanilgan. U amerikaliklarni o‘ldirish, zenit-raketalarni sotib olish, eksport qilish hamda terrorchilik tashkilotiga moddiy yordam ko‘rsatishda ayblanib, AQSHda 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Moskva 2012 yilda Butga nisbatan chiqarilgan hukmini asossiz va noxolis deb atagan. Viktor ham o‘zini aybsiz deb hisoblab keladi.

Viktor Butning vataniga qaytarilganini Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqlagan.

Qayd etish kerakki, amerikalik basketbolchi Brittni Grayner joriy yilning 17 fevral kuni “Sheremetevo” aeroportida qo‘lga olingan. U giyohvand moddalar kontrabandasida (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi 2-qismi) va ularni noqonuniy tashishda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi) aybdor deb topilib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Graynerni vataniga qaytarish uchun Amerika Prezidenti Jo Baydenning o‘zi ham harakat qildi. U hattoki sportchini ozod qilish masalasini Rossiya Prezdenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgandi.

Rossiya va AQSH o‘rtasida mahbuslarni almashish borasida bir-necha muzokaralar o‘tkazilgan edi. Biroq bularning barchasi kutilgan natija bilan yakunlanmagan.

Ma’lumot uchun, Brittni basketbol bo‘yicha AQSH ayollar terma jamoasi bilan birgalikda ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U 2015 yildan beri Rossiyaning Ural kon-metallurgiya kompaniyasi basketbol klubida faoliyat yuritib kelardi. Shuningdek, Grayner WANBA'ning eng kuchli 25 basketbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan.


Tanlangan kalimalar: #Viktor But , #AQSh , #Rossiya , #Brittni Grayner

Aloqador xabarlar