Price:"AQSh Turkiyaning mudofaa ehtiyojlarini qondirishga tayyor"

Ned Price kundalik matbuot anjumanida, AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasining yakuniy versiyasida Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berish uchun taqiq olib tashlangani haqidagi savolga javob berdi.

1916255
Price:"AQSh Turkiyaning mudofaa ehtiyojlarini qondirishga tayyor"

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti voizi Ned Price AQSh NATO ittifoqchisi bo'lgan Turkiyaning mudofaa ehtiyojlarini qondirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ned Price kundalik matbuot anjumanida, AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasining yakuniy versiyasida Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berish uchun taqiq olib tashlangani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

"Albatta, Turkiya NATOning muhim ittifoqchisi, xavfsizlik bo'yicha muhim hamkori. Biz mudofaa salohiyatimizni birlashtirib, Turkiya duch kelayotgan dahshatli tahdidlarga qarshi kurashish uchun zarur bo'lgan narsalarni taqdim qilmoqchimiz. Hech bir NATO ittifoqchisi o'z hududlarida Turkiyachalik terror hujumlariga uchramagan. Shuning uchun xavfsizlik sohasidagi hamkorlik biz uchun katta ahamiyatga ega".

Uning ta'kidlashicha, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an va AQSh Prezidenti Jo Bayden iyun oyida Madridda bo'lib o'tgan NATO sammiti doirasida bu mavzuni muhokama qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Ned Price

Aloqador xabarlar