Rossiyaning Kursk shahrida joylashgan harbiy aeroportga hujum qilindi

"Kursk aeroportiga uchuvchisiz uchish apparati vositasida sodir etilgan hujum natijasida neft ombori yonib ketdi. Voqeada halok bo'lganlar yo'q. Yong‘in o‘chirilmoqda. Voqea joyida barcha maxsus xizmatlar ish olib bormoqda",- deydi viloyati gubernatori.

1915273
Rossiyaning Kursk shahrida joylashgan harbiy aeroportga hujum qilindi

 

Rossiyaning Kursk shahrida joylashgan harbiy aeroportdagi neft omboriga uchuvchisiz uchish apparati tomonidan hujum uyushtirildi.

Bu haqda Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit o‘zining Telegram-kanalida bayonot berdi.

"Kursk aeroportiga uchuvchisiz uchish apparati vositasida sodir etilgan hujum natijasida neft ombori yonib ketdi. Voqeada halok bo'lganlar yo'q. Yong‘in o‘chirilmoqda. Voqea joyida barcha maxsus xizmatlar ish olib bormoqda",- deydi viloyati gubernatori.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Ukraina Rossiyaning Dyagilevo va Engels harbiy aeroportlariga dronlar bilan hujum uyushtirgan, hujumlarda 3 askar halok bo'lgan, 4 askar yaralangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya

Aloqador xabarlar