Mo‘g‘ulistonda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda

Namoyishchilar mamlakat parlamentini tarqatib yuborishni va korrupsiyada gumonlanayotgan yuqori martabali amaldorlarni javobgarlikka tortishni talab etmoqda.

1915263
Mo‘g‘ulistonda ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda

 

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda uchinchi kun ommaviy norozilik aksiyalari davom etmoqda.

Uning ishtirokchilari amaldorlarni ko‘mir yetkazib berishda korrupsiya va firibgarlikda ayblamoqda. Poytaxt Ulan-Batorda boshlangan namoyishlarda hukumat rasmiylarining Xitoyga sotilgan ko'mirdan tushgan daromadni o'zlashtirgani iddao qilinib, javob talab qilindi.

Ko‘mir Mo‘g‘uliston budjetidagi eng yirik manba hisoblanadi.

Prezidentlik, bosh vazirlik va parlament binosi atrofida politsiya bilan namoyishchilar o'rtasida to'qnashuv yuz berdi.

Shaharning Sukh-Bator maydonida ham yig'ilgan namoyishchilar ishsizlik va iqtisodiy muammolarga yechim talab qildi. Namoyishchilar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etgani e’tiborga molik.

Politsiya va namoyishchilar o'rtasidagi to'qnashuvda jarohatlanganlar bor.

Ulan-Batorda havo harorati -28 daraja bo'lishiga qaramay, namoyishlar davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Mo‘g‘uliston

Aloqador xabarlar