Janubiy Afrikadagi suv toshqinida 14 kishi halok bo'ldi
Bedarak yo'qolganlarni qidirib topish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.
1914721
Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahridagi Jukskei daryosida ibodat qilgan 14 kishi kuchli yomg‘irdan keyin daryoning suvi toshib ketishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Yoxannesburg Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Yoxannesburg shahridagi Jukskei daryosi kuchli yomg'ir tufayli toshib ketgan.
Suv toshqini natijasida daryoda ibodat qilayotgan 30 nafar cherkov a’zosidan 14 nafari hayotdan ko‘z yumgan. 16 kishi bedarak yo'qolgan.
Bedarak yo'qolganlarni qidirib topish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.