Nigeriyada "Boko Harom"dan qochgan aholi vataniga qaytmoqda

Mintaqada 5 ming 704 kishi 6 yil oldin "Boko Harom" hujumlari tufayli qo'shni davlatlar Kamerun va Nigerga qochib o'tib, u yerda boshpana topgandi.

1914640
Nigeriyada "Boko Harom"dan qochgan aholi vataniga qaytmoqda

 

Nigeriya shimoli-sharqida terror tashkiloti "Boko Harom"dan qochib, qo'shni davlatlarda boshpana topgan 5 ming 704 kishi uylariga qaytdi.

Nigeriya qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (VSF) rahbari Laval Alao o‘z bayonotida harbiylar Borno shtatining Martte hududida xavfsizlikni tiklaganini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, mintaqada 5 ming 704 kishi 6 yil oldin "Boko Harom" hujumlari tufayli qo'shni davlatlar Kamerun va Nigerga qochib o'tgan va u yerda boshpana topgan. Ular xozirda vataniga qaytmoqda. Vataniga qaytganlar hukumat tomonidan qurilgan binolarga joylashtirilgan.

2009-yildan beri “Boko Harom” tomonidan uyushtirilgan ommaviy terrorchilik harakatlarida 20 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

Terror tashkiloti 2015-yildan buyon mamlakatning chegaradosh qo‘shnilari Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirgan. Terroristik tashkilotning Chad ko'li havzasida uyushtirgan hujumlarida kamida 2000 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Mamlakatdagi teraktlar va mojarolar tufayli yuz minglab odamlar ko‘chib ketishga majbur bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar